Tolibboy Yo‘ldoshev Paralimpiya g‘olibi
Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi disk uloqtirish (F37) bellashuvlarida final bosqichi yakunlandi.
Unda mamlakatimiz sharafini Tolibboy Yo‘ldoshev himoya qildi. Quvonarlisi, Tolibboy diskni 57.28 metrga uloqtirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida: bir necha kun avval yadro uloqtirish bahslarida Tolibboy bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Darvoqe, ayni vaqtga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni soni 9 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza jami 19 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA