Tojikiston: niqob taqmagan jazolanadi
Tojikistonda bundan buyon “niqob taqib yurish” va ijtimoiy masofa saqlash rejimiga rioya qilmaganlarga nisbatan jazo choralari qoʻllanishi mumkinligi eʼlon qilindi.
Tojikistonda bundan buyon “niqob taqib yurish” va ijtimoiy masofa saqlash rejimiga rioya qilmaganlarga nisbatan jazo choralari qoʻllanishi mumkinligi eʼlon qilindi.
“Aziya Plyus” nashri yozishicha, koronavirusga qarshi kurash boʻyicha Respublika shtabida boʻlib oʻtgan yigʻilishda mamlakat Bosh vaziri Koxir Rasulzoda shu haqda bayonot berdi.
Mintaqalar aholisi poytaxtga faqat oʻta zarur boʻlgan hollardagina kelishlari mumkin. Barcha fuqarolar vaziyat barqarorlashgunga qadar toʻy va aza marosimlariga mehmonlarni taklif etmaslikka chaqirilmoqda.
Yaqindagina Tojikiston sogʻliqni saqlash vaziri Jaloliddin Abdullozoda respublika koronavirusning eng yuqori nuqtasidan oʻtib olganini bildirgandi.
Mamlakatda koronavirus tarqalishi surʼati pasayganligi haqidagi rasmiy maʼlumotlar eʼlon qilinishi natijasida aholi xotirjamlikka berila boshladi: odamlar koʻchalarda sayr qilishmoqda, tibbiy niqob taqishmayapti, oraliq masofa saqlanmayapti. Har holda, Dushanbe shahrida olib borilgan kuzatuvlar shunday xuloa chiqarishga asos boʻla oladi.