“Tirik kitob” do‘koni ochildi
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Yoshlar markazi binosi yonida Yoshlar ishlar agentligi tashabbusi bilan “Tirik kitob” do‘koni o‘z ishini boshladi.
Ochilish marosimida yuzlab yoshlar, jamoatchilik faollari, adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar va nashriyot vakillari tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida Xayrulla Asatov uchun ushbu zamonaviy ziyo maskani barpo etilib, do‘kon fondini boyitish uchun 2000 ta kitob sovg‘a qilindi.

Kitob do‘konining ochilish marosimida 400 ga yaqin kitob sotildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA