Tinchlik shartnomasi haligacha imzolanmagan
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening kelgusi yil yanvar oyi ikkinchi yarmida Rossiyaga davlat tashrifi rejalashtirilgan, deyiladi “Kyodo“ agentligi xabarida.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening kelgusi yil yanvar oyi ikkinchi yarmida Rossiyaga davlat tashrifi rejalashtirilgan, deyiladi “Kyodo“ agentligi xabarida.
Unga koʻra, yapon hukumati tinchlik shartnomasi boʻyicha Putin bilan muzokaralarga kirishuvchi bosh vazirning tashrifiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
Eslatib oʻtamiz, davlatlar orasidagi bahsli hududlar tufayli Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi tinchlik shartnomasi haligacha imzolanmagan. Yaponiya Ikkinchi jahon urushidan keyin sobiq ittifoqqa qoʻshilgan Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomai orollariga daʼvogarlik qilmoqda.