Tinchlik, osoyishtalik posbonlari (+video)
Ogohlik
"Payshanba – Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Toshkent shahrida ham bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi.
Jumladan, ta’lim muassasalarida yoshlarga jinoyat va huquqbuzarliklarga qo‘l urmaslik, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, kitob o‘qishni targ‘ib qilish, ularda ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish borasida tushunchalar berilmoqda. Uyma uy yurish davomida xodimlar tomonidan fuqarolar bilan jinoyat va huquqbuzarliklar, oilaviy nizolar va ularni oldini olish borasida targ‘ibot tadbirlari, korxona va tashkilotlarda mehnat jamoalari bilan davra suhbatlari o‘tkazilayotir.
Uchrashuvlarda so‘nggi vaqtlarda ko‘p uchrayotgan jinoyat turlari, jinoyatning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan sharoitlar muhokama qilinmoqda. Aholining huquqiy madaniyatini kuchaytirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasizlikni shakllantirish, hushyorlikni oshirish va atrofga befarq bo‘lmaslik targ‘ib etilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/W5-8O881Nso" title="Tinchlik, osoyishtalik posbonlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sergeli tumani IIO FMB XPB XQMB katta inspektorlari va mahalla profilaktika inspektori hamkorligida o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarida ham jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahallalarda yashovchi notinch oilalar holidan xabar olinib, jinoyat sodir etilishining oldini olish bo‘yicha yakka tartibda olib borilayotgan profilaktik ishlar o‘z samarasini berayotir. O‘rganishlar davomida aniqlangan oilalarning muammolari joyida hal etilmoqda. Ayniqsa, хотин-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy muammoli va ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish borasida olib borilgan profilaktik ishlar natijasida ko‘plab oilalarning yarashishi ta’minlanmoqda.
Tadbir davomida фуқароларга o‘g‘irlik, firibgarlik, kiber jinoyatchilik hamda oilaviy nizolar natijasida kelib chiqadigan jinoyatlarni oldini olish, ushbu jinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik choralari belgilangan maxsus bukletlar tarqatilayotgani ham ahamiyatlidir.
Savdo do‘konlari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari egalari bilan o‘tkazilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari davomida xavfsizlik qoidalariga amal qilish, turli ko‘ngilsiz hodisalar va mulkka tajovuzning oldini olish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatish yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.
O‘zA