Tinchlik mohiyati haqida saboqlar
Qarshi shahridagi 21-umumta’lim maktabida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan Tinchlik darsi bo‘lib o‘tdi.
Qarshi shahridagi 21-umumta’lim maktabida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan Tinchlik darsi bo‘lib o‘tdi.Kelajak vorislariga tinchlikning qadri, mustaqillik ato etgan ulkan imkoniyatlar, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 90 yoshli Olimjon Xamzin ishtirok etdi.
Olovli janggohlardan omon qaytgan otaxon urush va u xalqimiz boshiga keltirgan kulfatlar haqida hikoya qilar ekan, yoshlarni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni har kuni, har daqiqa asrab-avaylash zarurligini ta’kidlab, mamlakatimizda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanish, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish navqiron avlodning muqaddas burchi ekanini uqtirdi.