Tibbiyot xodimlari tunu-kun xizmatda
Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi hududdagi 100 mingdan ziyod aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi hududdagi 100 mingdan ziyod aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Birlashmaning tez tibbiy yordam boʻlimida 8 ta tibbiy yordam brigadasi tashkil etilgan boʻlib, tunu-kun aholi xizmatida. Ulardan biri reanimobil, yaʼni reanimatsion brigada hisoblanadi.


Mazkur tez tibbiy yordam guruhlarida jami 35 shifokor va 103 nafar oʻrta tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Ular hozirgi pandemiya davrida aholiga oʻz vaqtida sifatli tibbiy yordam koʻrsatish bilan birga, koronavirus xastaligining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib bormoqda.