Tibbiyot xodimlari chet elda malaka oshiradi
Navoiy shahrida Buxoro tibbiyot instituti filialini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Navoiy viloyati hokimligi katta majlislar zalida o‘tkazilgan Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida vazir Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.
Joriy yilda viloyatdan 150 nafar shifokor chet elda malaka oshirishga yuboriladi. Shuningdek, ilk bor hamshiralar ham chet elda bilim va tajriba oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Xususan, Navoiy viloyatidan 20 nafar reanimatsiya va anesteziologiya, jarrohlik amaliyotlari hamshirasi Turkiyaga, shuningdek, 20 nafar patronaj hamshirasi bu yo‘nalishda ilg‘or bo‘lgan xorijiy davlatlarga jo‘natiladi.
A.Bo‘riyev,
O‘zA