Tibbiyot: autsorsing asosida “Call-markaz” va Feedback tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
“Sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, autsorsing asosida “Call-markaz” va Feedback tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi farmon asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilishi belgilangan Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari:
davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni, shu jumladan, tibbiy yordamni tashkil etish bilan bog‘liq xizmatlarni nazorat qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi;
Klinik audit inspeksiyasi boshlig‘i sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
“Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi davlat muassasasining faoliyati tugatiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi autsorsing asosida quyidagilar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi:
aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qilish, ularni tezkor ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirishni ta’minlash maqsadida “Call-markaz”;
aholi va tibbiyot xodimlari bilan tizimli muloqotni ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi (Feedback).
O‘zA