Tibbiy niqob muammo boʻlmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 20-martdagi buyrugʻi bilan tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi. Endilikda tibbiyot niqobini ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. Shuningdek, tibbiyot niqobi amaliyotda qoʻllash uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.

Aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va tibbiyot niqobi taqchilligining oldini olish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida joriy etilgan mazkur tartibdan ayni paytda tadbirkorlar samarali foydalanmoqda.
Samarqand viloyatida ham bugungi kunda bir qator tekstil korxonalari, kichik ishlab chiqarish subyektlari tomonidan tibbiy niqoblar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.
Jumladan, Samarqand shahridagi maxsus kiyimlar tikish faoliyati bilan shugʻullanayotgan “Eko planeta” masʼuliyati cheklangan jamiyatida keyingi kunlarda tibbiy niqob ishlab chiqarish boshlandi.
– Yurtimizda koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida 25-martdan fuqarolarning jamoat joyida tibbiy niqob bilan yurishi uchun majburiy tartib joriy etildi, – deydi korxona rahbari S.Salimova. – Bunday sharoitda aholining tibbiy niqoblarga ehtiyoji oshishi tabiiy. Oʻz navbatida tibbiy niqob ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydigan boʻldi. Shundan kelib chiqib, biz ham ushbu mahsulotni tayyorlashni boshladik. Hozirda kuniga ming donadan ortiq niqob tikyapmiz.