Termizlik qizlar peshqadam
Futbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida mamlakat chempionatining birinchi tur o‘yinlari yakunlandi.
Futbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida mamlakat chempionatining birinchi tur o‘yinlari yakunlandi.Toshkent viloyatining Qibray stadionida bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yinda Termizning “TerDU Surxon” va Asakaning “Oq tulpor” jamoalari g‘oliblik uchun to‘p surdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvda termizliklar 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ular tur yakuniga ko‘ra 13 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Jizzaxning “Jizzax” jamoasi ikkinchi va Toshkentning “Paxtakor” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.