Termizda “Bolalar kitobi haftaligi” bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasida “Kitob bizni birlashtiradi” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Bolalar kitobi haftaligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari, shoir va yozuvchilar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kutubxonada haftalik doirasida Hans Kristian Andersen ertaklaridan sahnaviy kompozitsiya, “Andersen ertaklaridan blits savollar”, “Jahon adabiyotiga sayohat”, “Kitob – buyuk kuch”, “Yangi uyg‘onish davri kitobdan va kutubxonadan boshlanadi” mavzularida kitoblar ko‘rgazmasi, “Bir bolaga uch kitob”, “Bir haftada bir kitob”, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kabi aksiyalar tashkil etilib, ota-onalar o‘z farzandlariga kitoblar sovg‘a qiladi. Shuningdek, kitobxonlarni taqdirlash marosimi, yozuvchi-shoirlar bilan davra suhbatlari va kitoblar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
[gallery-22690]
Ishtirokchilar e’tiboriga o‘quvchilar tomonidan ertaklardan sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA