Termiz shahri ko‘chalari yanada ravon bo‘ladi
FOTOREPORTAJ
Bugun yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang, qurilish-bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘lasiz. Ushbu sa’y-harakatlar xalqimiz hayotini yaxshilash bilan birga, shahar va qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda.
Ayni kunlarda Termiz shahri markazidan o‘tuvchi At-Termiziy shoh ko‘chasining 1-1,5 km oralig‘idagi qismida to‘la ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Pudratchi “Transyo‘l qurilish” MCHJ tomonidan ob’ektda mavjud eski qoplamani buzib olish, yer ishlari, qum-shag‘al aralashmasidan asos qurish, lotok o‘rnatish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjetdan 5 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, pudratchi tomonidan 12 ta yuk tashuvchi avtosamosval, 10 dona maxsus texnika, 25 dan ortiq ishchi xodim jalb etilgan.
Loyiha-smeta hujjatlariga asosan, ob’ektda to‘la ta’mirlash ishlari loyihachi va buyurtmachi tashkilot vakillarining doimiy nazoratida amalga oshirilmoqda.
[gallery-7555]
Jonibek QO‘ZIMURODOV surat) O‘zA