Terma jamoamiz Turkmanistonni yengdi
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati va 2027 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichi doirasida 5-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu turda «E» guruhidan o‘rin egallagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi «Bunyodkor» stadionida Turkmanistonga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida zafar quchdi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Husniddin Aliqulov, Oston O‘runov va Sherzod Nasrullayev mualliflik qildi.
Shu tariqa, Srechko Katanets qo‘l ostidagi terma jamoamiz hisobidagi ochkolar soni 13 taga yetdi. Endi futbolchilarimiz 11 iyun kuni guruhdagi so‘nggi o‘yinini safarda Eronga qarshi o‘tkazadi.
[gallery-17742]
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA