Tergov bilan boğliq korrupsiya holatiga çek qöyildi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli işlar doirasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga çek qöyişga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Boş prokuraturaning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi.
Maʼlum qilinişiça, tergovçi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça ayblanuvçiga nisbatan olib borilayotgan tergov jarayoniga taʼsir ötkaziş, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytiriş hamda unga nisbatan eʼlon qilingan qidiruvni bekor qiliş evaziga pul olganlikda gumon qilinib uşlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi. Ayni paytda holat böyiça tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Hamroz Bayonov, ÖzA