Tennischilarimizning muvaffaqiyati
Farg‘onada Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimiga kiruvchi xotin-qizlar o‘rtasidagi “Fergana women’s” an’anaviy xalqaro turnirida hamyurtimiz Sabina Sharipova musobaqaning chorak finaliga chiqdi.
Farg‘onada Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimiga kiruvchi xotin-qizlar o‘rtasidagi “Fergana women’s” an’anaviy xalqaro turnirida hamyurtimiz Sabina Sharipova musobaqaning chorak finaliga chiqdi.Tajribali tennischimiz yakkaliklar bahsining ikkinchi davrasida qozog‘istonlik Kamila Kerimbayevani 6:2, 1:6, 6:2 hisobida yengdi. Sabina endi musobaqaning chorak finalida ukrainalik Valeriya Straxovaga qarshi kortga chiqadi.
Musobaqaning juftliklar bahsida hamyurtimiz Vlada Yekshibarova hindistonlik Natasha Pala bilan muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ushbu juftlik turnirning birinchi davrasida Omina Muhametshina va Sarvinoz Saidxo‘jayevani, chorak finalda rossiyalik tennischilar Yekaterina Bichkova hamda Anna Morginani mag‘lubiyatga uchratdi. Vlada va Natasha final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bolgariyalik Yuliya Terziskaya va Margarita Lazareva bilan bahslashadi.