Tennischilarimiz xalqaro turnirda bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Shu kunlarda Qozog‘iston va Tojikiston poytaxtlarida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalarda yosh tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Jumladan, Ostona shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan J300 tasnifiga kiruvchi «Astana Open» turnirining juftlik bahslarida hamyurtlarimiz Akmal Abdullayev va Danila Kvasov chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final yo‘llanmasi uchun turkiyalik Kaan Ishik Kosaner hamda germaniyalik Patrik-Valentin Moyze juftligiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Dushanbe shahrida o‘tayotgan J60 turkumidagi «President Cup — 2026» turnirining juftlik bahslarida hamyurtimiz Sarvar Atabayev va rossiyalik Yegor Yelxovskiy yarim finalda yana bir vakilimiz Hamidjon Mansurov hamda qozog‘istonlik Atay Aseinov juftligini sinovdan o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA