Tennischilarimiz sovrinni ko‘zlamoqda
Polshaning Vrotslav shahrida davom etayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Farrux Do‘stov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Polshaning Vrotslav shahrida davom etayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Farrux Do‘stov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Musobaqaning ikkinchi davrasida F.Do‘stov chexiyalik Yan Xernishni 7:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Endi tennischimiz yarim final uchun bo‘lib o‘tadigan bahsda germaniyalik Mixael Berrerga qarshi kortga chiqadi.
* * *
Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan ITF turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Arina Fols chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Turnirning ikkinchi davrasida chexiyalik Nataliya Chvachkova bilan bahs olib borgan A.Fols 6:0, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Tennischimiz musobaqaning navbatdagi bosqichida ukrainalik Alyona Sotnikovaga qarshi o‘ynaydi.
Juftliklar bahsidagi ishtirokini chorak finaldan boshlagan Arina Fols va shvetsiyalik Korneliya Lister fransiyalik Kamille Cheli va italiyalik Jorjiya Pintoni 4:6, 6:3, 10:5 hisobida yengib, yarim finalga yo‘l oldi. Ular endi Bosniya va gersegovinalik Anita Xusarich va belgiyalik Kimberley Simmermann juftligi bilan bahslashadi.