Tennischilarimiz muvaffaqiyati
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova hamda yosh iste’dodli sportchimiz Sabina Sharipova Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Tailand va Xitoyda tashkil etilgan nufuzli musobaqalarda g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.

Bangkok shahrida davom etayotgan xalqaro turnirda Nigina Abduraimova ikkinchi davrada mezbon tennischi Patcharin Cheapchandejga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:0 hisobida g‘alab qozongan bo‘lsa, chorak finalda yaponiyalik Shuko Aoyamani 4:6, 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mahoratli sportchimiz yarim finalda xitoylik Kai-Lin Jang bilan bahslashadi.
Tiyanjinda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Sabina Sharipova ikkinchi davrada xitoylik Xeodi Youga qarshi kechgan uchrashuvda 6:2, 6:2 hisobida zafar quchdi. Endi turnirning chorak final bahsida S.Sharipova mezbon sportchi Kuang Vangga qarshi kortga chiqadi.