Tennischilarimiz ikkinchi davrada
Namanganda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda.
Namanganda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda.Musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi asosiy tur bahslarida hamyurtlarimiz Saida’lo Saidkarimov va Humoyun Sultonov ikkinchi davraga yo‘l olgani haqida xabar qilgan edik. Jamoadoshi Jasurbek Ahmedovdan 6:2, 6:1 hisobda ustun kelgan Jo‘rabek Karimov hamda turkiyalik Kaya Goreni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Sharobiddin Abzalov ham bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Ikkinchi davrada Jo‘rabek Karimov rossiyalik Nikolay Kolobayev, Saida’lo Saidkarimov turkiyalik Ergi Kirkin, Humoyun Sultonov qozog‘istonlik Pavel Petrov, Sharobiddin Abzalov esa rossiyalik Kristian Lozan bilan bahslashadi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Go‘zal Yusupova moldovalik Adriyana Sosnovschini 3:6, 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Sarvinoz Saidxo‘jayeva qozog‘istonlik Aynur Suleymanovani 6:0, 6:4 hisobida, Laylo Bahodirova polshalik Klaudiya Virani 6:1, 7:6 hisobida yengdi.
Navbatdagi bahsda Go‘zal Yusupova rossiyalik Polina Golubovskaya, Sarvinoz Saidxo‘jayeva turkiyalik Berfu Chengiz, Laylo Bahodirova rossiyalik Alisa Solovevaga qarshi kortga chiqadi.