Tennischilarimiz g‘alabali yurishini boshladi
Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining tennis musobaqalari ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov pokistonlik Aqil Xanni 6:0, 6:1, Sabrina Olimjonova vetnamlik Nxi Xunxni 6:0, 6:0, Sergey Fomin quvaytlik Bader Alqaxtani 6:0, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa tennischilarimiz navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, tennis musobaqalari 30 sentyabrga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA