Tennischilarimiz asosiy to‘rda
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiruvchi xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi xalqaro turnirda umidli tennischilarimiz asosiy to‘r bahslariga yo‘l oldi.
Musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasidagi saralash bosqichida hamyurtimiz Sabrina Olimjonova ilk bosqichda qozog‘istonlik Edellis Narmagenbetni 6:2, 6:1, asosiy to‘r bahslariga o‘tish o‘yinida AQSH vakilasi Shria Atturuni 6:1, 6:0 hisobida yengdi. Endi tennischi qizimiz asosiy to‘rning birinchi davrasida neytral sportchi Varvara Bernovich bilan raqobatlashadi.
Ma’lumot uchun, xalqaro turnirning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtlarimiz Sergey Fomin va Amir Milushev asosiy to‘rga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi. Shu tariqa, Sergey ilk davrada germaniyalik Niklas Shell bilan, Amir esa neytral tennischi Yevgeniy Tyurnevga qarshi kortga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA