Tennis: Tarix takrorlandi Nadal bosh sovrin sohibi
Ispaniyalik Rafael Nadal va rossiyalik Danil Medvedev «dueli»dagi Avstraliya Ochiq chempionatining final uchrashuvi yakunlandi.
Aytib o‘tganimizdek, jahon tennis reytingida 2-o‘rinni egallab kelayotgan Danil Medvedev va Rafael Nadal bundan ikki yil muqaddam US Openning finalida ishtirok etib, o‘shanda ispaniyalik raketka ustasi g‘olib chiqqandi.
Bu galgi bosh sovrin uchun kurashda ikki yil muqaddamgi final deyarli takrorlandi. Faqat boshqacha tarzda. Yaʼni, 5 soat 28 daqiqa davom etgan murakkab bahs 2:6, 6:7, 6:4, 6:4, 7:5 hisobida Nadal foydasiga qayd etildi.
E’tiborlisi, Nadal Avstraliya ochiq chempionati tarixida ikkinchi bor bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, rossiyalik raketka ustasi Medvedev ikkinchi bor mazkur nufuzli musobaqa finalida qatnashishga muvaffaq bo‘ldi. 2021 yilgi final o‘yinida u serbiyalik Novak Jokovichga imkoniyatni boy bergandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA.