Tennis: Sabrina bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalar taqvimidan joy olgan, J100 tasnifiga kiruvchi nufuzli turnirga Namangan shahri mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.
O‘smirlar toifasida o‘tayotgan mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Sabrina Olimjonova yarim final bosqichiga yo‘l oldi. U chorak finalda neytral tennischi Anna Bazderovani 7:5, 6:1 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, yarim finalga muvaffaqiyatli o‘tgan tennischimiz, endi bosh sovrin uchun o‘tadigan o‘yinda Janubiy Koreya vakilasi Xyun Ye Li bilan raqobatlashadi.
Ma’lumot o‘rnida: musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi chorak final bahsida hamyurtimiz Nuriddin Baxtiyorov kutilmaganda tailandlik Penn Charusornga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA