Temirov Anvar Amir o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini innovatsion yondashuvlar asosida boshqarishni takomillashtirish» mavzusida
Temirov Anvar Amir o‘g‘lining 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini innovatsion yondashuvlar asosida boshqarishni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya himoyasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.12/30.12.2019.Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 25 oktyabr kuni soat 14:00 da o‘tkaziladigan majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi 64-uy
Tel./faks: (99871) 150-01-27; (99871)150-01-27
e-mail: info@mdomoi.uz