“Telegram Messenger LLP” kompaniyasi tugatiladi
“Telegram” asoschisi Pavel Durov Buyuk Britaniyada roʻyxtadan oʻtgan «Telegram Messenger LLP" kompaniyasini tugatish boʻyicha ariza bergan.
“Telegram” asoschisi Pavel Durov Buyuk Britaniyada roʻyxtadan oʻtgan «Telegram Messenger LLP" kompaniyasini tugatish boʻyicha ariza bergan.
RIA Novostining aniqlik kiritishicha, 2018 yil 19 dekabrda yoʻllangan ariza britaniyalik yuridik shaxslar reyestri saytida shu yilning 4 yanvarida eʼlon qilingan.
Durov kompaniyani tugatish sabablarini izohlamagan.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning aprel oyida Rossiya Federatsiyasida “Telegram" messenjeri sud qarori bilan bloklangan edi. Bunga sabab kompaniyaning mamlakat federal xavfsizlik xizmatiga xabarlar kalitini taqdim etmaganligi boʻlgan. Garchi RFda messenjerga taʼqiq qoʻyilgan boʻlsada, koʻplab rossiyalik foydalanuvchilarda dastur ishlashda davom etmoqda.