Tejamkor uslub: Paxta tomchilatib sugʻoriladi
Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida 130 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan, jumladan, tomchilatib sugʻorish tizimi 77 ming 400 gektarni tashkil etadi.
Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida 130 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan, jumladan, tomchilatib sugʻorish tizimi 77 ming 400 gektarni tashkil etadi.
Bu haqda Suv xoʻjaligi vazirligida boʻlib oʻtgan “Sugʻorish texnologiyalarini joriy etish: imtiyoz va amaliyot” mavzusidagi vebinarda aytildi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu yil qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda jami 43 ming 825 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan. Shundan 38 ming 745 gektarini tomchilatib sugʻorish, 1 ming 520 gektarini yomgʻirlatib sugʻorish va 3 ming 560 gektarini diskret (pulsar) sugʻorish tizimi tashkil etadi.
Maʼlumki, paxta koʻp suv talab qiladigan ekinlar sirasiga kiradi. Shu bois, paxta maydonlarini tomchilatib sugʻorishga oʻtkazish asosiy eʼtibordagi vazifadir. 2020-yilda 23 ming 643 gektar paxta maydonida zamonaviy sugʻorish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Suv xoʻjaligi vazirligi va bu tizimdagi tashkilotlar tomonidan bu borada ishlar jadal olib borilyapti. Ayni kungacha klaster va fermer xoʻjaliklari tomonidan 25 ming 386 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorishni joriy etish boʻyicha pudratchilar bilan shartnomalar rasmiylashtirildi. Shundan 19 ming 224 gektar maydonda uskunalarni oʻrnatishga kirishilgan boʻlib, koʻpchilik fermer xoʻjaliklarida gʻoʻzaga suv olish boshlandi.
Bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish yoʻnalishlarida ham suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish qamrovi kengaymoqda. Bunda amaldagi imtiyozlar, xususan, subsidiyalar ajratilishi qoʻl kelmoqda.