Tehron – Parand metrosi ishga tushdi
Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Tehron – Parand metro yo‘nalishi ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda qatnashdi. “IRNA” axborot agentligi xabar berishicha, poytaxtdan 35 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan shaharga safari chog‘ida davlat rahbariga Tehron hokimi Alirizo Zakaniy va boshqa rasmiylar hamrohlik qilgan.
Ushbu shaharning 450 ming aholisi Tehronga oson va tez yetib borishini ta’minlaydigan metrodan kuniga 40 mingga yaqin yo‘lovchi foydalanishi kutilyapti.
2005 yildan boshlab tadqiqot olib borilgan Tehron – Parand metrosi loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari 12 yil oldin boshlangan edi. Shuningdek, Raisiyning Roboti Karim va Parand mavzelarida 4000 xonadonli uy-joy majmuasini aholiga topshirish marosimida ham ishtirok etadi.
Parand Tehron viloyatining markaziy tumani – Roboti Karim hududida barpo etilgan yangi shahar hisoblanadi.