Teatr ijodkorlaridan bolajonlarga tuhfa
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati rus drama teatrida amerikalik mashhur dramaturg Uilyam Gibsonning “Qo‘g‘irchoq” pesasi asosida sahnalashtirilgan yangi spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-21068]
Spektakl davomida tomoshabinlar Marsella ismli qiz va uning qo‘g‘irchog‘i Ennining aql bovar qilmaydigan va hayajonli sarguzashtlariga guvoh bo‘ladi. Qo‘g‘irchoq Enni va uning o‘yinchoq do‘stlari qizaloq Marsellani kasallikdan qutqarish uchun harakat qiladi. Voqea davomida ular turli g‘aroyibotlar va yaxshi-yomon mahluqotlarga duch keladi. O‘zaro mehr-muhabbat, ezgulikka ishonch va umid ularni g‘alaba boshlaydi. Asar ayni shu jihati bilan ham katta-yu kichik tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi spektakl ham ana shu yo‘nalishdagi madaniy tadbirlardan biri bo‘ldi. Ta’sirchan sahna bezaklari, bashang liboslar hamda zamonaviy texnologiyalar tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. Yangi yil shodiyonalari arafasida mo‘’jizalarni o‘zida mujassam etgan spektakl yorqin chiqishlar, aktyorlarning mahoratli ijrolari bilan tomoshabinlarga yodda qolarli xotiralarni tuhfa etdi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA