Tayvanda saylovlar oldidan “soxta xabarlar” tarqaldi
Shanba kuni Tayvanda oʻtkaziladigan saylovlar oldidan ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta xabarlar tarqala boshladi.
Shanba kuni Tayvanda oʻtkaziladigan saylovlar oldidan ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta xabarlar tarqala boshladi. “Xabarlarda tayvanlik saylovchilarni prezident Say Invenga ovoz bermaslikka chaqirilgan va bu xabarlarning tarqalishida Xitoyning qoʻli bor”, deyiladi Tayvan rasmiylarining bayonotida.“Pekin Tayvanda oʻz texnikasini sinovdan oʻtkazmoqda, chunki Xitoy Tayvanning tili, madaniyati va siyosatida katta oʻrin egallaydi” deyilgan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda.
“Biz Xitoyning yillar davomida turli xil targʻibotlariga duch kelganmiz, ammo bu safargisi juda boshqacha”, deydi Tayvan tashqi ishlar vaziri Jozef Vu
Bu gazetalarda yoki rasmiy OAVlar orqali emas, balki ijtimoiy media, onlayn chat guruhlari, Facebook orqali tarqalgan. Bunda aynan Xitoyning aralashuvi borligi tasdiqlanmagan.