Tayinlov: boshqarma boshlig‘i tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Nabiyev Shabon Shodiyevich Navoiy viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sh.Nabiyev 1957 yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1979 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-quruvchi.
1979-1998 yillarda viloyat suv xo‘jaligi qurilish boshqarmasi (tresti) muhandisi, bosh muhandisi, ko‘chma jamlanma direktori, trest boshqaruvchisi vazifalarida ishlagan. 1998-2021 yillarda Qiziltepa tumani hokimi, 2021-2022 yillarda Navoiy viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zA