Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axboroti
O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, bugun Toshkent vaqti bilan soat 20.30 da 90 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosi birinchi evakuatsiya guruhi tarkibida Ukrainaning Lvov shahridan Polsha bilan chegaradagi "Krakovets" nazorat-o‘tkazish nuqtasi yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqdi.
Chegarani kesib o‘tish mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi bilan hamkorlikda muvofiqlashtiriladi.