Tashqi ishlar vazirining Pokistonga tashrifi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 10 mart kuni amaliy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasiga boradi.
Uchrashuv va muzokaralar davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mintaqaviy aloqalar sharoitida muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlar, shuningdek, joriy yilga mo‘ljallangan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar.