“Tashabbusli byudjet” jarayonlari o‘zgarmoqda (+video)
O‘zbekiston – ijtimoiy davlat. Barcha qilinayotgan ishlar, islohotlar avvalo xalq manfaatlarini ko‘zlab, turmush farovonligini ta’minlashga qaratilgandir. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021 yil boshlangan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida fuqarolarni uzoq yillar mobaynida qiynab kelgan ko‘plab masalalari tez fursatlarda hal etib berilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra o‘tgan davrda aholidan 150 mingdan ortiq loyiha kelib tushgan bo‘lib, shundan 10 mingdan ziyodi g‘olib bo‘ldi va bu bo‘yicha joylarda amaliy ishlar qilindi.
Shu va bu yo‘nalishdagi yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi Sanjar Sultonov bilan suhbatlashdik.
- Aytingchi bu yilgi “Tashabbusli byudjet” jarayonlari avvalgi yillardagidan nimasi bilan farq qiladi?
- Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senati Kengashining 2025 yil 13 yanvarda qarori qabul qilindi va bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bundan maqsad mablag‘lardan samarali foydalanish hamda joylardagi ijtimoiy muammolarni ko‘proq qamrab olishdir.
Unga ko‘ra endilikda moliyaviy mustaqil bo‘lgan OTMlarning ushbu jarayonlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, “svetofor”) rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, har yili tuman va shahar byudjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZAh76ScDx4M" title="“Tashabbusli byudjet” jarayonlari oʻzgarmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA