Tashabbuskor tadbirkorlar tanlovi
Namangan Yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Tashabbus – 2018”koʻrik-tanlovining Namangan viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.
Namangan Yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Tashabbus – 2018”koʻrik-tanlovining Namangan viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.Tanlovda tadbirkorlik subyektlari, usta-hunarmandlar oʻz mahsulot va xizmatlari taqdimotini oʻtkazdi, faoliyati haqida atroflicha maʼlumot berdi.
“Sanoat sohasida eng yaxshi tadbirkor” yoʻnalishida “Namangan momiq sochiqlari” MCHJ rahbari Gʻiyosiddin Boboxonov gʻolib boʻldi. Sartaroshxona xizmatini namunali tashkil etgan Akmal Boydedayev “Xizmat koʻrsatish sohasida eng yaxshi tadbirkor”, deb topildi. Chortoqlik Rustam Abdurahmonov “Eng yaxshi hunarmand”, Mingbuloq tumanidagi “Baxtiyor Abdusalomovich” fermer xoʻjaligi rahbari Baxtiyor Qodirov “Eng yaxshi fermer”, Namangan tumanidagi “Golden Egg of Namangan” MCHJ rahbari Abdulatif Shamsiddinov “Eng yaxshi yosh tadbirkor” sifatida eʼtirof etildi. Ular tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.


