Tarmoqdagi avariya: Farğona vodiysidagi elektr taʼminoti bilan boğliq vaziyat qanday?
Energetika vazirligi axborot xizmatining xabariga köra, joriy yilning 19-noyabr kuni Tojikiston Respublikasi hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli "L-503" elektr uzatiş tarmoğida noqulay ob-havo şaroiti sabab avariya yuz berdi.
Oqibatda Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilişlar kuzatildi. Ayni paytda avariya oqibatlarini bartaraf etiş va tarmoq faoliyatini tiklaş işlari davom etmoqda.
Xöş, ayni paytda avariya oqibatlarini bartaraf etiş işlari qanday keçmoqda? Şuningdek, mamlakat hududlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq qanday holatlar aniqlandi va ötkazilayotgan nazorat tadbirlari qanday natijalar bermoqda?
Uşbu savollarga "Özenergoinspeksiya" axborot xizmati rahbari Navröz Norboboyev quyidagilarni maʼlum qildi.
– Keça, yaʼni 19-noyabr kuni soat 06:19 da Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi uzatuvçi, Tojikiston Respublikasi hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli "L-503" elektr uzatiş tarmoğida avariyaviy uziliş yuz berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, noqulay ob-havo şaroiti taʼsirida murakkab relefli adirlik hududida joylaşgan elektr uzatiş tarmoği tayançlaridan biri qulab tuşgan. Natijada avtomatik himoya tizimi işga tuşib, mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi uzatilişi vaqtinça töxtagan. Bu esa ayrim isteʼmolçilarning elektr taʼminotida uzilişlarga sabab bölgan.
Hodisa joyiga "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ rahbariyati boşçiligidagi mutaxassislar hamda avariya-tiklaş brigadalari safarbar etilgan. Tojikiston Respublikasining tegişli taşkilotlari bilan hamkorlikda avariya oqibatlarini bartaraf etiş va elektr uzatiş tarmoği faoliyatini tiklaş böyiça tezkor işlar olib borilmoqda.
Taʼmirlaş-tiklaş işlari yakunlangunga qadar Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotiga vaqtinçalik çeklovlar kiritilgan.
Maʼlumot uçun, Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi boşqa elektr uzatiş tarmoqlari orqali ham yetkazib beriladi. Xususan, Farğona viloyatiga Toşkent viloyatidagi "Yangi Angren" issiqlik elektr stansiyasidan çiquvçi 500 kV kuçlanişli "L-524" elektr uzatiş tarmoği orqali ham elektr energiyasi uzatiladi.
Ayni paytda avariya-tiklaş işlari noqulay ob-havo şaroiti va kuçli şamolga qaramay davom ettirilmoqda. Energetiklar tarmoq faoliyatini imkon qadar tezroq tiklaş maqsadida tunu kun, 24 soatlik iş rejimida iş olib bormoqda. Vaziyat Energetika vazirligining doimiy nazoratida. Avariya oqibatlari töliq bartaraf etilguniga qadar tiklaş işlari uzluksiz davom ettiriladi.
Şuningdek, “Özenergoinspeksiya” va huquq-tartibot organlari hamkorligida Samarqand tumanida "F. R. N." MÇJga qaraşli parrandaçilik fermasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi. Nazorat tadbiri davomida korxona hisoblagiçsiz, yer osti orqali yaşirin tarmoq tortgan holda gaz isteʼmol qilib kelgani maʼlum böldi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, gaz taʼminoti korxonasiga 4 milliard 455 million sömlik zarar yetkazilgan.
Farğona viloyatining Qöqon şahrida ham elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati qayd etildi. Özenergoinspeksiya va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan nazorat tadbirida fuqaro R. N. ga qaraşli kompyuter öyinlariga ixtisoslaşgan noturar binoda elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanilgani aniqlandi. Hisob-kitoblarga köra, elektr taʼminoti korxonasiga 715 million sömlik zarar yetkazilgan.
Rişton tumanidagi "Oq-yer" mahallasi hududida esa tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy örnatilgan gaz sörğiç aniqlandi. Holat yuzasidan gaz taʼminoti korxonasi tomonidan mazkur qurilmani bartaraf etiş işlari amalga oşirildi. Tabiiy gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan aralaşiş va qöşimça qurilmalar örnatiş gaz taʼminoti barqarorligiga salbiy taʼsir körsatadi.
Qiş mavsumini betalafot ötkaziş maqsadida Sirdaryo viloyatidagi ijtimoiy soha obʼektlarida ham profilaktik nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, elektr qurilmalarining texnik holati, elektr energiyasidan foydalaniş xavfsizligi hamda normativ talablarga rioya etilişi örganilmoqda. Şuningdek, gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi, yonğin va elektr qurilmalaridan foydalaniş bilan boğliq noxuş holatlarning oldini oliş böyiça masʼul xodimlar va fuqarolarga tuşuntirişlar berilmoqda.
Bundan taşqari, Jizzax viloyatida elektr tarmoqlari va qurilmalarining texnik holati joyiga çiqqan holda örganilmoqda. Asosiy eʼtibor texnologik yöqotişlarning oldini oliş, mavjud kamçiliklarni aniqlaş va elektr energiyasidan samarali foydalanişni taʼminlaşga qaratilgan. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş hamda bajarilişi lozim bölgan işlar yuzasidan masʼullarga tegişli körsatmalar berilmoqda.
ÖzA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva
yozib oldi.