Tarixda ilk bor inson DNKsi oʻzgartirildi
Xitoylik olim Xe Szenkuyning taʼkidlashicha, u insoniyat tarixida ilk bor embrion DNKsini oʻzgartirishda ishtirok etgan, deyiladi “The Telegraph“ xabarida.
Xitoylik olim Xe Szenkuyning taʼkidlashicha, u insoniyat tarixida ilk bor embrion DNKsini oʻzgartirishda ishtirok etgan, deyiladi “The Telegraph“ xabarida.
Nashrning qayd etishicha, olim reproduktiv muolaja vaqtida bir nechta embrionga genetik oʻzgartirish kiritgan. Ayni paytda faqat bir homilada bu natija berib, noyabr oyida qiz egizaklar DNK oʻzgarishi bilan dunyoga kelgan.
Tadqiqotdan maqsad nasliy kasalliklarni davolash yoki oldini olish emas, balki oddiy insonlarda OIVni yuqtirib olish va OITSga qarshi kurashish qobiliyatini shakllantirishdir. Keltirilgan iqtibosda Xe Szenkuy “Jamiyat bundan keyin nima qarorga kelishini oʻzi hal qiladi” degan.
Gazetaning aniqlik kiritishicha, xitoylik olim tajribalarida ishtirok etgan otalarning bari OIVni yuqtirib olgan, onalar esa sogʻlom boʻlgan.
Mazkur tadqiqot hali ilmiy nashrlarda chop etilmagan.