Targ‘ibot karvoni Toshkent shahri bo‘ylab yurdi
Inson har doim adolat sari intiladi. Zero, adolat tamoyili har qanday jamiyatning mustahkam ma’naviy-huquqiy poydevorini tashkil etadi. Adolat qaror topgan jamiyatda tinchlik va barqarorlik hukm suradi, xalqning davlat siyosatiga bo‘lgan ishonch-e’tiqodi ortadi, fuqarolarning Vatan kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuksaladi.
Adolatni qaror toptirish O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining bosh maqsadidir. Ushbu maqsad yo‘lida partiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovlar oldidan saylovchilarga o‘z dasturini taqdim etar ekan, har bir jabhada ijtimoiy adolatni qaror toptirishga, “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari!” g‘oyasini izchillik bilan joriy etishga qat’iyan harakat qiladi.

Ushbu ezgu maqsad yo‘lida “Adolat” partiyasi Saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. Targ‘ibot ishlari Toshkent shahrining ko‘plab tumanlarida tashkil etilib, partiya g‘oyalari va Saylovoldi dasturi saylovchilarga tushuntirilmoqda. Shunday tadbirlardan eng yirigi joriy yilning Toshkent shahar Kengashi tomonidan tashkil etildi. Targ‘ibot karvoni Toshkent shahrining tumanlari bo‘ylab, sayohatga chiqdi. Avtokarvon Olmazor tumanida joylashgan o‘yinchoq fabrikasida start olib, “Farhod” dehqon bozori, Uchtepa tumanidagi “Bog‘obod” MFY, so‘ngra “Mirobod” dehqon bozori hududlarida tashviqot ishlarini olib bordi.

Targ‘ibot karvoni butun shahar bo‘ylab, saylovchilarni partiya hamda u ko‘rsatgan nomzodlarga ovoz berishga chaqirdi. Manzillarga borilgach, bayroq, flayer va tarqatmalar saylovchilarga tarqatildi. Saylovchilar savollariga “Adolat” partiyasi faollari va partiya xodimlari tomonidan javob berildi.


Qolaversa, musiqiy jamoa ham barchaga a’lo kayfiyat ulashdi. Saylovchilar olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini e’tirof etdi.
M.Hojiakbarova, O‘zA