Taniqli kinoaktyorlar – Toshloqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Zarkent” MFYda “Yoshlar kinokarvoni” loyihasi doirasida yurtimizning taniqli san’atkorlari ishtirokida aholi va yoshlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Kinokarvon” loyihasi aholi tomonidan juda iliq kutib olindi. Dastlab tadbirda Toshloq tuman hokimi Abduqahhor Jo‘raboyev so‘zga chiqib, mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan ushbu loyiha doirasidagi tadbirlar aholiga madaniy-ma’rifiy ozuqa ulashish va mazmunli hordiq chiqarishga xizmat qilayotganini aytib o‘tdi. So‘ng tumandagi umumta’lim maktablarini namunali tamomlagan 43 nafar bitiruvchi yigit-qizga oltin hamda kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.
[gallery-12371]
Tadbir davomida mehmonlar so‘zga chiqib, “Yoshlar kinokarvoni” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan uchrashuvlar xususida hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar borasida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, aholiga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi ham namoyish etildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA