Ta’magir shifokor qo‘lga tushdi
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahridagi tug‘ruq majmuasi shifokori pora olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Shifokor qilayotgan ishlari qonunga xilof ekanligini bila turib, o‘zga bir fuqarodan bemor kelinining homilasini jarrohlik yo‘li bilan dunyoga keltirganligi uchun ta’magirlik qildi. U kimyoviy ishlov berilgan 450 ming so‘m pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 214-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA