Ta’limda Singapur tajribasi ommalashtiriladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Singapurning “Marshall Cavendish education” tashkiloti bilan hamkorlikda maktab boshqaruv tizimini yaxshilash, matematika va tabiiy fanlar (sayns-Science) bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida joriy yilning 8-12 iyul kunlari respublika miqyosida seminar-treninglar tashkil etildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan seminar-treninglarda tayyorlangan trener, master-trener va trener-koordinatorlar yordamida joriy yilning avgust oyida hududlarda tegishli rahbar va pedagog xodimlarni “kaskad” usulida o‘qitishni tashkil etish rejalashtirilgan.
Shunga muvofiq Qashqadaryo viloyatida ham mazkur treninglar boshlandi.
[gallery-18618]
Qashqadaryo pedagogik mahorat markazida tuman(shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, maktab direktorlari, matematika va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) o‘qituvchilarini “kaskad” usulida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilning 19-24-avgust kunlari master-trener, trener-koordinator hamda mentor-o‘qituvchilar yordamida har bir umumta’lim maktabidan tanlab olinadigan 1 nafardan yetakchi o‘qituvchilar uchun tuman (shaharlar)dagi tayanch maktablarda, 26-31-avgust kunlari barcha yetakchi o‘qituvchilar tomonidan o‘z maktablaridagi matematika va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) o‘qituvchilari uchun treninglar tashkil etiladi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),
O‘zA muxbirlari