Ta’lim va kasb-hunar uyg‘unligi
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi 2-umumta’lim maktabida kasbiy ta’lim ustalari uchun seminar o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tuman, shahar bo‘limlari mas’ullari, kasb-hunar joriy qilingan maktab direktorlari, kasb ustalari ishtirok etdi.
[gallery-20398]
Tadbirda maktab o‘quvchilarini 11 yillik tahsil davomida kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish, buning yoshlarni mehnat bozoriga raqobatbardosh qilib tayyorlashdagi ahamiyati, ta’lim maskanlarida bu borada yaratilayotgan shart-sharoitlar, soha mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritildi. Qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.
Ishtirokchilar tadbir o‘tgan umumta’lim maktabida yo‘lga qo‘yilgan turli to‘garaklar mashg‘ulotlarini kuzatdilar.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA