Ta’lim tizimi: xalqaro hamkorlik samaralari
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Germaniya universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Germaniyaning “Humboldt” universiteti jaxonning rivojlangan oliy ta’lim muassalaridan biri hisoblanadi. bugungi kunda mazkur oliygoh dunyoning 170dan ortiq ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Ana shu oliy o‘quv yurtlari safiga endilikda Namangan muhandislik-texnologiya instituti ham qo‘shildi.

Ayni kunlarda xizmat safari bilan Germaniya davlatining Berlin shahrida bo‘lib turgan NamMTI olimlari Dildora Hoshimova va Surayyo Misirova nemis oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan rasmiy muzokalar o‘tkazdi. Unda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida muhim kelishuvga erishildi.

Muloqotlar davomida imzolangan hujjatga ko‘ra, hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, “Humboldt” universiteti laboratoriyalari va arxividan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish davomida foydalanish, talabalar hamda professor-o‘qituvilar uchun maxsus almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.