Talabalarning bo‘sh vaqti samarali o‘tadi
FOTOREPORTAJ
Yangi o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika instituti talabalar turar joylarida yoshlarning qulay va mazmunli yashashi, ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Zamonaviy shart-sharoitlar bilan bir qatorda, talabalarning qiziqish va iste’dodini rivojlantirishga qaratilgan beshta muhim tashabbus yo‘nalishi bo‘yicha maxsus xonalar tashkil etildi.
[gallery-31434]
Mazkur xonalar talabalarning nafaqat yashashi, balki ta’lim olishi, ijod qilishi, sport bilan shug‘ullanishi, kitob mutolaa qilishi hamda zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi uchun keng imkoniyat yaratmoqda.
E’tiborlisi, talabalar turar joylari bugun nafaqat yashash maskani, balki yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, o‘z iqtidorini namoyon etishi va shaxsiy salohiyatini rivojlantirishi uchun muhim ta’limiy-ma’rifiy muhitga aylanmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA