Talabalarga soliq o‘zgarishlari tushuntirildi (+video)
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Tashkil etilgan o‘quv -seminarga bo‘lg‘usi iqtisodchilar taklif qilindi.
Tadbirda soliq tizimi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan Soliq kodeksining 37- ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani ta’kidlandi.
– Ota-onalar oliy o‘quv yurtlari yoki nodavlat maktab va bog‘chalarda o‘qiydigan farzandlariga ta’lim to‘lovlarini o‘z oylik ish haqlaridan to‘lab bersa, 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin, –deydi viloyat soliq boshqarmasi bosh inspektori Murod Karimov. – Bundan tashqari, talabalarni ijaraga qo‘yganlar daromad solig‘idan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilga mo‘ljallangan byudjeti hamda soliq siyosatida shu kabi ko‘plab o‘zgarishlar mavjud.
Ayni kunlarda boshqarma xodimlari tomonidan bu boradagi o‘zgarishlar viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarga yetkazilmoqda.
[gallery-21574]
Tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari, hisobot topshirish davri, qo‘llanilayotgan ma’muriy jarimalar, qolaversa, sohada amalda bo‘lgan dasturlarning yangi formatlari, shuningdek, tadbirkorlarning barqarorlik reytingidagi tutgan o‘rni, yer va mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar, turli sohalarga berilgan soliq imtiyozlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-ldxAEdku6A" title="Talabalarga soliq oʻzgarishlari tushuntirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbirlari