Talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning holati qanday?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish hamda bu boradagi ishlarni takomillashtirish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Universitet rektori Alisher Umarov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chilonzor tumani bo‘lim boshlig‘i Bahodir Po‘latov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari va guruh murabbiylari ishtirok etdi.
Bahodir Po‘latov talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizligini o‘rganish, talabalarda bu bo‘yicha bilimlarining yetarli emasligi sabab turli noxush hodisalar ro‘y berayotganligini hayotiy misollar asosida keltirib, har bir fuqaroni ogoh va hushyor bo‘lishi muhimligini ta’kidladi.
Muhokama jarayonida guruh murabbiylari tomonidan o‘z talabalarining ijarada qayerda yashayotganligi, kimnikida turibdi, yashash sharoiti qanday, darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘ladi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi, bu talabalarning o‘qish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda kabi jiddiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Universitet rektori Alisher Umarov o‘z so‘zida mas’ul prorektorlar, fakultet dekanlari, guruh murabbiylari, yoshlar bo‘yicha yetakchilari tomonidan talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganishni kuchaytirish, talabalarning yashash sharoitlarini doimiy kuzatish va tahlil qilib borish lozimligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda ijarada turadigan talabalarning va ijara beruvchi fuqarolar o‘rtasida munosabatni o‘rganish va tartibga solish, ijara uchun berilgan uy-joylarning holati, ota-onalar va talabalar uchun ijara uchun beriladigan uy-joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, talabalarning darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘lishi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi kabi jiddiy masalalar ko‘rib chiqildi, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Ayniqsa, talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish jarayonlariga e’tiborni kuchaytirish aytib o‘tildi. Talabalarning iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarining xavfsizligini ta’minlash va turli kasalliklarni oldini olish masalalari bo‘yicha tushunchalar berildi.
bugungi kunda ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning texnik xavfsizlik talablariga javob bermasligi, talabalarda bu bo‘yicha bilimlarining yetarli emasligi sababli turli noxush hodisalar ro‘y bermoqda. Muhokamada ijarada turadigan talabalar va ijara beruvchilar o‘rtasida munosabatni shaffoflashtirish, ijara uchun berilgan uy-joylarning holati, ota-onalar va talabalar uchun ijara uchun beriladigan uy-joylar to‘g‘risida yagona axborot tizimini yaratish kabi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish va ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash bo‘yicha Fizika-matematika fakulteti mas’ullari taqdimot qildi va tavsiyalar berib o‘tildi.