Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida "Yoshlar kuni" doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda yoshlarning ta’lim olishi, talabalar shaharchasida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ularning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimi F. Temirov, universitet dekanlari o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.


Muloqot davomida talabalar shaharchasida qo‘shimcha qulayliklar yaratish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, amaliyot o‘tash va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Bildirilgan fikrlar tinglanib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratildi.
Hamroz Bayonov,O‘zA