Tahlillar asosida aniq vazifalar belgilandi
Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2016-yilda viloyat iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 9,3 foiz oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 23,2, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 6,9, qurilish-pudrat ishlari 10,4, xizmat ko‘rsatish 16 foiz o‘sdi.
Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2016-yilda viloyat iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 9,3 foiz oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 23,2, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 6,9, qurilish-pudrat ishlari 10,4, xizmat ko‘rsatish 16 foiz o‘sdi.Hisobot davrida sanoat korxonalari tomonidan 3 trillion 411,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu 2015-yildagiga nisbatan 14,8 foiz ko‘pdir. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 304,8 milliard so‘mlik investitsiya yo‘naltirilib, 377 korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi va shuning hisobidan 8 ming 755 yangi ish o‘rni yaratildi.
Namanganda 2016-yil yakunlari va 2017-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishida bu fakt va raqamlar ta’kidlandi.
Viloyat hokimi X.Bozorov boshqargan yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyatda 2016-yilda 17 loyihani amalga oshirish uchun barcha manbalar hisobidan 30 million dollarlik investitsiya, jumladan, 17,4 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etildi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 25,4 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 4 million 312 ming dollar valyuta tejaldi. Viloyatdagi hududiy eksportchi subyektlar tomonidan 151,2 million dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 1 ming 555 loyihani amalga oshirish uchun 518,8 milliard so‘m va 1,5 million dollar yo‘naltirilib, qariyb 16 ming yangi ish o‘rni yaratildi.
Yig‘ilishda 2016-yil natijalari tanqidiy ruhda tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yangi sanoat korxonalari tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturi ijrosi tizimli tashkil etilmagani natijasida o‘tgan yili 132 sanoat korxonasi faoliyati to‘xtab qolgani uchun 45 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmadi. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 3 korxona tomonidan ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 3 milliard so‘mga bajarilmay qoldi. Eksport bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ham to‘liq ta’minlanmadi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish va boshqa sohalarda yo‘l qo‘yilgan kamchilik hamda nuqsonlar ko‘rsatib o‘tildi. Namangan shahri va tumanlarda 2017-yil ijtimoiy-iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bajarilishi yuzasidan aniq tadbirlar belgilab olindi. Ular ijrosiga hokimlar va boshqa mutasaddilarning shaxsan javobgar ekani ta’kidlandi.