Taekvondochilarimizning medallari
Xitoy Taypeyida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida sportchilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Xitoy Taypeyida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida sportchilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.Chempionatning o‘smir qizlar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Nigora Tursunqulova vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar musobaqasida Vlada Pan bronza medal bilan taqdirlandi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Shahboz Shofayziyev va Saidolim No‘monov ham o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.