Tadbirkorlik sub’ektlariga texnik jihatdan tartibga solish talablari tushuntirildi
Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mahsulot va xizmatlarning belgilangan standartlarga muvofiqligini ta’minlash, o‘lchash vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada tadbirkorlarning huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Namangan viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Unda “TOSHBULOQ TEKS” MCHJ QK, “GIAN BROS TEXTILE” MCHJ, “TOSHBULOQ MEGA STROY” MCHJ, “NAM MOTOR SERVIS” MCHJ vakillari ishtirok etdi.

Muloqotlar davomida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishlaridagi amaldagi talablar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar, sohadagi qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar hamda ularning amaliyotdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuvlar ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, tadbirkorlarning savol, muammo va takliflari tinglandi. Mutaxassislar tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Hamroz Bayonov, O‘zA